Pul qaytarish kafolati
Dasturimizga ishonamiz: quyidagi shartlarga to'liq rioya qilib shug'ullansangiz-u, rasmiy imtihondagi natijangiz baribir o'smasa — birinchi obuna to'lovingizni to'liq qaytaramiz.
Qanday ishlaydi
Boshlang'ich natijangizni tasdiqlang
Ro'yxatdan o'tgach 7 kun ichida obunadan OLDINGI 3 oy ichida olingan rasmiy natija hujjatingizni (CEFR yoki Milliy sertifikat natijasi, yoxud DTM ball varaqasi) [email protected] ga yuboring.
Dastur bo'yicha to'liq shug'ullaning
Kamida 3 oy (90 kun) uzluksiz pullik obuna davomida quyidagi foydalanish talablarining barchasini bajaring — platforma statistikasi bilan tekshiriladi.
Rasmiy imtihonni topshiring
Obuna tugaganidan keyin 60 kun ichida rasmiy imtihonda qatnashing. Natijangiz boshlang'ich natijadan oshmagan bo'lsa — arizangizni yuboring, to'lovni to'liq qaytaramiz.
Foydalanish talablari
Kafolat kuchda bo'lishi uchun obuna davomida quyidagilarning barchasi bajarilgan bo'lishi shart (platforma statistikasi asosida tekshiriladi):
- Shaxsiy o'quv rejadagi vazifalarning kamida 90% bajarilgan bo'lishi
- Har bir bo'lim/fan bo'yicha kamida 12 ta to'liq mock test yakunlangan bo'lishi
- CEFR yo'nalishida: kamida 30 ta Writing ishi va 30 ta Speaking mashg'uloti AI bahosi bilan topshirilgan bo'lishi
- Obuna davrining kamida 80 kunida platformada faol shug'ullanish
- Akkaunt faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining o'zi tomonidan ishlatilgan bo'lishi
Muddatlar
- Boshlang'ich natijani yuborish
- ro'yxatdan o'tgach 7 kun ichida
- Rasmiy imtihonni topshirish
- obuna tugaganidan keyin 60 kun ichida
- Arizani yuborish
- rasmiy natija chiqqach 30 kun ichida
- Ko'rib chiqish
- 7–10 ish kuni
Umumiy shartlar
- Kafolat faqat birinchi obuna to'loviga va har bir foydalanuvchiga bir marta amal qiladi.
- Kafolat kamida 3 oylik (90 kunlik) uzluksiz pullik obunalarga taalluqli — 1 oylik tarif kafolat doirasiga kirmaydi.
- Ariza rasmiy imtihon natijasi e'lon qilinganidan keyin 30 kun ichida, barcha hujjatlar bilan [email protected] orqali yuborilishi shart.
- Qaytariladigan summa — faqat haqiqatda to'langan obuna to'lovi. Rasmiy imtihon to'lovlari, yo'l xarajatlari va uchinchi tomon xizmatlari qoplanmaydi.
- To'lov asl to'lov usuliga qaytariladi. Ariza 7–10 ish kunida ko'rib chiqiladi.
- Soxta bajarish (masalan, bo'sh Writing ishlari, bir necha daqiqada 'yakunlangan' bo'limlar) yoki bir nechta akkaunt orqali suiiste'mol aniqlansa, ariza rad etiladi.
- Boshlang'ich natija hujjati taqdim etilmagan yoki muddatlar o'tkazib yuborilgan holatlarda kafolat amal qilmaydi.
Ariza yoki savol uchun
[email protected] — mavzu qatoriga «Kafolat» deb yozing va hujjatlaringizni ilova qiling.